Avvalroq Tadbirkor Alisher Usmonov Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSPP) boshqaruvini tark etishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.
Usmonovning “RSPP” rahbari nomiga yozgan arizasida u pensiyaga chiqishi va faol mehnat faoliyatini yakunlaganligi munosabati bilan Byuro aʼzoligidan ozod etilishini soʻrashi haqidagi bayonoti surati “BRIEF” telegram kanalida eʼlon qilindi.
“USM” xolding asoschisi Alisher Usmonov Italiyaning “Tgcom24” nashriga bergan intevyusida o‘z sa’y-harakatlari va mablag‘larini O‘zbekistonga yo‘naltirishini ma’lum qildi.
Usmonov sanksiyalar bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, O‘zbekistonda ish va xayriya loyihalarini amalga oshirishda davom etish niyatida.
“O‘zbekistonga yordam berish uchun bor kuch-g‘ayrat va imkoniyatlarimni ishga solaman”, — dedi Usmonov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu maqsad uchun u korporativ aktivlarni boshqarishni tark etib, hatto ko‘plab loyihalarimda aksiyador sifatida ishtirok etishni to‘xtatgan.
Usmonov o‘zining oligarx ekanini bir necha bor rad etgan bo‘lib, boyligini ochiq bozorda biznes yuritish ortidan to‘plaganini ta’kidlab keladi.
“Men hukumatdan hech qachon sovg‘a olmaganman. Bizning xoldingda biz qilgan barcha ishlar bozor shartlari asosida amalga oshirildi”, — deya qo‘shimcha qiladi milliarder.
Rossiya fuqaroligi va mol-mulki borligiga qaramay, Usmonov o‘zini O‘zbekistonning asosiy manfaatlari deb hisoblagan.
U respublika Qozog‘iston bilan bir qatorda Markaziy Osiyoning haqiqiy yetakchisiga va mintaqa taraqqiyotining lokomotiviga aylanishiga ishonch bildirdi.