“ALPHA Education"da PR-agentligi mijozlar bilan qanday ishlashi haqida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Spot"ga markaz vakillari ma’lum qildi.

“PRning ikki tomoni: mijoz va agentlik o‘rtasidagi muloqot haqida nimalarni bilishingiz kerak?” mavzusidagi ma’ruza spikerlari: “Maslov: Tashkent” kompaniyasining boshqaruvchi hamkori va asosiy hisoblar bo‘yicha direktori Sevil Sakayeva va “Saneg” kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Igor Gusenkov.

Tadbir quyidagi mavzularni qamrab oladi:

  • PR-agentligini tanlash mezonlari;
  • PR-mijozlar va PR-agentliklar haqidagi o‘zaro stereotiplar;
  • PR mutaxassisining roli — faol jamoa a’zosi yoki o‘rinbosar o‘yinchisi;
  • PR-agentligi bilan munosabatlarning uzilishiga olib keladigan soxta narsalar;
  • agentlik mijoz bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishi mumkin bo‘lganda.

Bundan tashqari, ma’ruzachilar PR-sohasidagi real holatlarni tahlil qiladilar. Ma’ruza yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’ruza 25-fevral soat 12:00 da boshlanadi. Tadbirda ishtirok etish bepul.

Joylar soni cheklangan. @ALPHA_talks_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.


Avvalroq “Spot” Qlik bo‘yicha o‘n ikki kunlik bepul marafonga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda IT-kompaniyalar, davlat va tijorat tashkilotlari rahbarlari, IT-mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.