Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 0,5% bandiga tushirib, 8,5%ga tushirdi. Bu haqda regulyator rasmiy saytida xabar berildi.

O‘tgan yil oktyabr oyida asosiy foiz stavkasi 12%dan 10,5%ga tushirildi. Noyabr oyi oxirida stavka 9% qilib belgilandi.

2022-yil avgustidan regulyator stavkalarni 14%dan 9%gacha ketma-ket to‘rt marta pasaytirdi.

Joriy yil yanvar oyida Turkiya Markaziy banki asosiy foiz stavkasini noyabr oyida belgilangan 9% darajasida saqlashga qaror qilgandi.

2021-yil dekabridan Turkiya hukumati turk lirasini mustahkamlashga qaratilgan yangi iqtisodiy siyosatni olib bormoqda.

Ushbu dastur doirasida mamlakat Markaziy banki asosiy foiz stavkasini bosqichma-bosqich pasaytirmoqda.

Ayni paytda turk lirasi 2022-yil boshidan buyon 25%dan ortiq qadrsizlandi va bu tendensiya, iqtisodchilarning fikricha, davom etishi mumkin.

26-yanvar kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavka yillik 15% darajasida o‘zgarishsiz qoldirgandi.


Avvalroq “Spot” Rossiya Markaziy Banki asosiy stavkani 7,5% darajasida qoldirgani haqida yozgandi.