“Whoosh” kick-sharing xizmati 2023-yilning yangi mavsumida Rossiya va MDHning 10 ta yangi joyida elektr skuterlarni ijaraga berish funksiyasini ishga tushiradi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri kompaniya bosh direktori Dmitriy Chuykoga tayanib.
Dmitriy Chuykoning ma’lum qilishicha, kompaniya Armaniston, Gruziya va O‘zbekiston bozorlarida ham xizmatni ishga tushirishni ko‘rib chiqmoqda.
“Biz hozircha shaharlar roʻyxatini toʻliq eʼlon qilganimiz yoʻq, lekin biz tarmogʻimizga oʻnga yaqin joyni qoʻshishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Chuyko.
Uning qoʻshimcha qilishicha, kompaniya ish boshlash uchun Armaniston, Gruziya va Oʻzbekiston bozorlarini ham faol koʻrib chiqmoqda.
“Ochigʻini aytganda, Oʻzbekiston biz uchun hozirgi istiqbolda eng jozibador koʻrinadi. Hozircha bu joylarda ishga tushirish boʻyicha qisqa muddatli rejalar yoʻq, lekin kompaniya bu bozorlarda nima boʻlayotganini faol kuzatmoqda va ehtimol bozorlarga kirish uchun toʻgʻri vaqtni tanlaymiz “, — dedi Chuyko.
“Whoosh” 2019-yilning bahorida Moskva, Sankt-Peterburg va Novosibirskda elektr skuterlarni ijaraga berish xizmatlarini taklif qila boshladi.
Xizmat mijozlari daqiqalik va kunlik ijara narxlaridan foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, muntazam sayohatlar uchun haftalik yoki oylik obuna (Whoosh Pass) boʻlish mumkin.
Avvalroq “Spot” “Subway” tez ovqatlanish restoranlari tarmogʻi Toshkentda restoran ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Qad etilishicha, restoran yangi qurilayotgan “Tashkent City Mall” savdo-koʻngilochar markazida joylashadi.
Avvalroq Rossiyaning “Vkusno — i Tochka” fastfud restoranlari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishi mumkinligi haqida ma’lum qilingandi.
Keyinchalik mazkur fastfud restoranlari tarmog‘i tovar belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Shu bilan birga, Fransiyaning “Groupe Casino” kompaniyasi O‘zbekistonda do‘konlar ochishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
Kompaniya giper, super va mini-marketlar, chegirmali hamda ulgurji do‘konlar tarmog‘iga egalik qiladi.