Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Germaniyaning “ConsultingUz” tashkiloti orqali “EUROPA-PARK GmbH” kompaniyasida mehmonxona, restoran, oshxona sohalarida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishga taklif etiladi.

Nomzodlar nemis tilini kamida B1 darajada bilishi (sertifikat talab qilinmaydi), 18−40 yosh oralig‘ida va sudlanmagan hamda jismonan sog‘lom bo‘lishi kerak.

Talabgorlar uchun sinov muddati 6 oyni tashkil qiladi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan birida diplom ega bo‘lishi kerak:

  • turizm menejmenti;
  • mehmonxona ishi;
  • oziq-ovqat texnologiyalari;
  • xalqaro turizm;
  • menejment;
  • germanistika;
  • lingvistika;
  • iqtisodchi;
  • biznesni boshqarish
  • ingliz tili;
  • nemis tili;
  • fransuz tili.

Oylik 2200 yevro (brutto)dan boshlab va mehnat sharoitlari nemislar bilan bir xil (oylik, sug‘urta, taʼtil);

Nomzodlar O‘zbekistondan Germaniyaga bir tomonlama aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer hamda arzonlashtirilgan turar-joy bilan taʼminlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:

  • tarjimai hol (nemis yoki ingliz tilida);
  • yuqoridagi sohalardan birini bitirganlik haqida diplom (4-bosqich talabasi diplomni olgandan so‘ng ham jo‘natishi mumkin);
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pdf shaklda).

Nomzodlar hujjatlarni havola orqali yuborishi mumkin.

Muhim: Nemis tilini bilmaydiganlar Namangan, Farg‘ona, Buxoro va Navoiy shaharlarida tashkil qilingan nemis tili o‘qitish markazlarida B1 daraja olishlariga ko‘maklashiladi.

Qo‘shimcha maʼlumot uchun telefon raqamlari: +998712023355, (1282 qisqa raqami).


Avvalroq “Spot” Germaniyaning “Duvenbeck Kraftverkehr” tashkiloti o‘zbekistonliklarni yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishga taklif qilayotgani haqida yozgandi.