Prezidentning ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakulteti ochildi.
2023-yil 1-martdan 2026-yilgacha pillani qayta ishlash va pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har quti ipak qurti urug‘i uchun 120 ming so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.
2023-yil 1-apreldan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan 360 kun etib belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan 2023-yil 1-martdan xom ipakni eksport qilish tartibi soddalashtiriladi.
Avvalroq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali subsidiya olishlari mumkinligi haqida xabar berilgandi.