Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2023-yil yanvar oyida 1001 birlikni tashkil etib, dekabr oyiga nisbatan 0,1%ga mo‘tadil oshgan.

Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 15%lik o‘sish qayd etildi.

cerr, ishbilarmonlik faolligi indeksi, tahlil, yanvar

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2023-yilning yanvar oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 0,1%ga oshib, 1001 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 26,3%ga kamaygan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘yicha komponent 2,9%ga kamaygan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 19,2%ga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 74,5foizga oshgan.

Hududlar kesimida Jizzax viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2023 yil yanvarr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 6 ta hududda o‘tgan oyga (2022-yil dekabr) nisbatan o‘sish kuzatilgan.

cerr, ishbilarmonlik faolligi indeksi, tahlil, yanvar

Jizzax (38,0%), Sirdaryo (29,9%), Farg‘ona (27,9%) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (35,6%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.

Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkich 8 ta hududda kamaygan. Xususan, Navoiy (- 26,9%), Qashqadaryo (- 8,1%) viloyatlari va Toshkent shahrida (- 7,4%) o‘tgan oyga nisbatan sezilarli darajada kamayish kuzatilgan.


Avvalroq “Trading Economics” iqtisodiy statistika portali iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan hisoblangan O‘zbekistonning ishbilarmonlik muhiti indeksini e’lon qilgandi.