Markaziy bank 1-fevral holatiga tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to‘g‘risida statistikani e’lon qildi.
Xususan, yanvar oyida muammoli kreditlar hajmi 14,9 trln so‘mni, ya’ni jami kredit hajmiga (390 trln so‘m) nisbatan 3,8%ni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich yanvar holatiga (15,3 trln so‘m) nisbatan bir oyda 920 mlrd so‘mga oshgan. Shundan 13,5 trln so‘mi davlat ulushi mavjud banklarga, qolgan 1,3 trln so‘mi esa xususiy banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xususiy banklardan yanvar oyida 100% davlat ulushi “Support Level” kompaniyasiga $5 mlnga sotilgan “O‘zagroeksportbank"ning muammoli kreditlari hajmi deyarli o‘zgarishsiz qoldi.
Mazkur bankning kredit portfeli jami 6,2 mlrd so‘mni, muammoli kreditlar ulushi 6 mlrd so‘m yoki 96,8%ni tashkil etgan.
Bu davrda “Ravnaq bank"ning muammoli kreditlari 6 mlrd so‘mga kamayib, 238 mlrd so‘mga yetgan.
Davlat ulushi mavjud banklarning jami kreditlar ulushi hisobida eng muammoli kreditlar “Xalq banki"ga to‘g‘ri keladi — 2,5 trln so‘m. Biroq, shunga qaramasdan yanvardagi ko‘rsatkichga nisbatan deyarli o‘zgarmagan.
Biroq, muammoli kreditlar hajmi “Ipoteka bank” (1 trln so‘m) hamda “Trast bank"da (208 mlrd so‘m) sezilarli o‘sgan. “Tenge bank"da esa yanvarga nisbatan 87 mlrd so‘mga pasayish kuzatilgan.
2022-yilning dekabr oyida muammoli kreditlar hajmi 15,3 trln so‘mni ya’ni jami kreditlarga nisbatan 4%ni tashkil etgandi.