Rossiyaning “Vertical Hospitality” (Becar Asset Management tarkibiga kiruvchi) mehmonxonalar tarmog‘i kelgusi besh yil ichida MDH, Osiyo va Kiprda yana 30 ta turar joy obyektlarini, mehmonxonalar, shu jumladan franshizalar ochishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Kommersant” nashri.
2033-yilga kelib, kompaniya prezidenti Aleksandr Sharapovning hisob-kitoblariga ko‘ra, “Vertical Hospitality” portfelida Osiyo va MDHda o‘nta yangi xalqaro mehmonxona loyihasi paydo bo‘ladi.
Aleksandr Sharapovning so‘zlariga ko‘ra, tarmoq asosan franshiza orqali rivojlanadi, biroq Gruziya, Kipr va O‘zbekistonda kompaniya o‘zi yoki hamkorlarni jalb qilgan holda loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
“Becar Asset Management Group” — bu Rossiya, AQSh, Yevropa, MDH mamlakatlari va Yaqin Sharqda 25 yillik tajribaga ega xalqaro kompaniyalar guruhi.
“Vertical Hospitality” — “We&I by Vertical” va “Vertical Boutique” hamda “You&Co” brendlari ostida mehmona quradi.
Avvalroq Germaniyaning “IntercityHotel” mehmonxona brendi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Toshkentda yangi xalqaro mehmonxona brendining taqdimoti o‘tkazildi.
“Deutsche Hospitality” vitse-prezidenti Zigfrid Niyerhaus O‘zbekiston, xususan, Toshkent mehmonxona ochish uchun eng ishonchli hamkor va eng qulay joy ekanini aytib o‘tdi.
“Toshkentdan tashqari Buxoro, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida turizm sohasidagi yangiliklarni ham o‘rgandim va mehmonxona qurish uchun yaxshi joy tanlaganimga yana bir bor amin bo‘ldim. Ayni damda Buxoroda ham yangi mehmonxonalar quryapmiz”, — dedi “Valor Hospitality Partners” ta’sischisi va boshqaruv hamkori Julien Bergue.
“IntercityHotel Tashkent” mehmonxonasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan bo‘lib, 2023-yilning 1-choragida ochilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Fransiyaning “Le Cordon Bleu” akademiyasi Toshkentda institut ochishi haqida ma’lum qilindi.
Parij shahrida Toshkent shahar hokimligi hamda “Le Cordon Bleu” akademiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Tomonlar uchrashuvda turizm va mehmonxona biznesi sohalarida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Mazkur kelishuvga asosan Toshkent shahrida mehmonxona xo‘jaligi va oshpazlik san’ati instituti tashkil etiladi.
Unda pazandachilik va mehmonxona biznesi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Shuningdek, u O‘zbekistonda mehmonxona ta’limining yangi standartlarini joriy etishga yordam berishi ta’kidlanmoqda.