Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq, “Cross Pay” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.
Regulyator bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil aykunlari bo‘yicha O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun litesezniya olgan to‘lov tashkilotlari soni 46tani tashkil etmoqda.
28-fevral kuni Markaziy bank qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘z faoliyatini boshlamagani uchun “E-services House"dan to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olingani haqida ma’lum qildi.
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan joriy yil yanvar oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, belgilangan davr davomida 9 ta yig‘ilish o‘tkazilgan bo‘lib, ularda ruxsat berish tartiboti bilan bog‘liq va kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir jami 26 ta masala ko‘rib chiqildi.
Qo‘mita tomonidan 2023-yilning yanvar oyi davomida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha banklar, nobank mikromoliya tashilotlari va to‘lov tashkilotlariga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Xususan, tematik o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan, “O‘zmilliybank”, “Mikrokreditbank”, “Aloqabank”, “Turonbank”, “Qishloqqurilishbank” va “Asakabank” ogohlantirildi.
Shuningdek, iqtisodiy sanksiyalar va eksportga taqiqlar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarishga doir yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan banklar “Kapitalbank”, “Anorbank”, “Ravnaq-bank” ogohlantirildi.
Bundan tashqari, “Cash U mikromoliya tashkiloti"ga iste’molchiga xizmatlar haqida o‘z vaqtida to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot berilmaganligi hamda iste’molchilarning xizmat haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish huquqi buzilganligi sababli 30 mln so‘m jarima qo‘llanildi.