Avvalroq “Spot” “Accor” guruhining Oʻzbekistondagi birinchi mehmonxonasi ochilishi haqida xabar bergandi.

1-mart kuni Toshkentda “Mercure Tashkent” mehmonxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.

Ochilish marosimida “Accor New East Europe” bosh direktori Aleksis Delaroff, “Mercure Tashkent” mehmonxonasi bosh menejeri Farhod Toshtemirov ishtirok etdi.

“Mercure Tashkent” mehmonxonasi 126 ta xonaga ega. Shuningdek, turk va Yevropa restoranlari, sport zali, suzish havzasi, fito-bar va boshqa xizmat ko‘rsatish turlarini o‘z ichiga olgan.

Qolaversa, mehmonxonada 20−100 kishini sig‘dira oladigan va turli uchrashuv hamda tadbirlarga mo‘ljallangan konferensiya zallari mavjud.

“Accor New East Europe” bosh direktori Aleksis Delaroff “Mercure Tashkent” “Accor” brendining O‘zbekistondagi dastlabki mehmonxonalaridan biri ekanligini ta’kidladi.

“Ishonchimiz komilki, O‘zbekistonda taniqli xalqaro brendlar ostida yangi mehmonxonalar ochilishi mamlakatning sayyohlik jozibadorligini oshiradi, uning ichki va xalqaro sayyohlik bozorlarida raqobatbardoshligini mustahkamlaydi”, — dedi u.


Avvalro “Spot” “Radisson Hotel Group” 2026-yilda Toshketda “Radisson Collection” brendi ostidagi premium toifadagi mehmonxona ochishi haqida yozgandi.