Endilikda Yagona portal hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash mumkin.
Xizmat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno).
Arizani ko‘rib chiqish muddati 10 kunni, to‘lanadigan yig‘im miqdori 600 ming so‘m (BHMning 2 baravari), litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori 3 mln so‘m (BHMning 10 baravari) tashkil qiladi.
Xizmatdan yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin bo‘lib, 5 yil muddatga beriladi.
Avvalroq Yagona portal hamda “Litsenziya” portali orqali sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya olish mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, “Spot” turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya hamda avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma qanday olinishi haqida ma’lumot bergandi.