“Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2023−2025 yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan 31 ta davlat ishtirokidagi yirik korxonaning ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari “UzAssets” investitsiya kompaniyasi boshqaruviga beriladi.

Mazkur investitsiya kompaniyasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

  • iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega yirik korxonalarni isloh qilish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish hamda xususiy sektorni jalb qilish;
  • korxonalarning rentabelligi va operatsion samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda biznes-jarayonlarni optimallashtirish;
  • boshqaruvga berilgan korxonalarning samarali boshqarilishini va barqaror rivojlanishini ta’minlash.

Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tegishli vazirlik va idoralarning o‘zlariga tegishli aksiya paketlari (ulushlari) Strategik islohotlar agentligiga o‘tkaziladi.

1-iyulgacha “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan unga boshqaruvga berilgan korxonalarning biznes-rejalari qayta ko‘rib chiqiladi.

2023−2025 yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ro‘yxati:

T/rkorxonalar nomi
Aksiyador (ishtirokchi, ta’sischi)Davlat ulushi
1Navoiy KMKIqtisodiyot va moliya vazirligi100
2NavoiyuranDavlat aktivlarini boshqarish agentligi100
3Olmaliq KMKDavlat aktivlarini boshqarish agentligi
98,5
4O‘zmetkombinatDavlat aktivlarini boshqarish agentligi
81,1
5O‘zbekneftgazDavlat aktivlarini boshqarish agentligi
99,9
6UztransgazIqtisodiyot va moliya vazirligi
99,5
7Hududgazta’minotIqtisodiyot va moliya vazirligi
100
8UzGasTradeIqtisodiyot va moliya vazirligi
100
9O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
100
10Issiqlik elektr stansiyalariIqtisodiyot va moliya vazirligi
100
11Hududiy elektr tarmoqlariIqtisodiyot va moliya vazirligi
100
12O‘zbekgidroenergo
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
100
13O‘zkimyosanoat
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
100
14NavoiyazotIqtisodiyot va moliya vazirligi
100
15O‘zbekiston temir yo‘llari
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
100
16Uzbekistan AirwaysIqtisodiyot va moliya vazirligi
100
17Auzbekistan AirportsIqtisodiyot va moliya vazirligi
100
18ToshshahartransxizmatTransport vazirligi100
19UzautosanoatIqtisodiyot va moliya vazirligi
100
20UzbektelekomRaqamli texnologiyalar vazirligi96,2
21O‘zbekiston pochtasi
Raqamli texnologiyalar vazirligi
31,5
22O‘zbekugol
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
97,9
23AgrobankIqtisodiyot va moliya vazirligi
52,2
24AsakabankIqtisodiyot va moliya vazirligi
10,7
25Sanoat qurilish bankIqtisodiyot va moliya vazirligi
13,1
26Xalq BankiIqtisodiyot va moliya vazirligi
22,4
27TuronbankIqtisodiyot va moliya vazirligi
8,7
28Qishloq qurilish bankIqtisodiyot va moliya vazirligi
74,5
29AloqabankIqtisodiyot va moliya vazirligi
3,8
30O‘zmilliy bank
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
40,7
31MikrokreditbankIqtisodiyot va moliya vazirligi
70,8

Avvalroq, 2023-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilingandi.