“Coca-Cola” Ichimligi Uzbekiston" korxonasi Namangandsa yangi zavodini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.
Bu bo‘yicha viloyat hokimi bilan “Coca-Cola” Ichimligi Uzbekiston" bosh direktori Ezel Agaoglu boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan.
“Tadbirkorlik va boshqa sohalar rivojlanayotgani va barcha imkoniyatlar mavjudligi bois aynan Namanganni tanlaganmiz. Buni biz o‘z tajribamizda ko‘rib turibmiz, — dedi Ezel Agaoglu.
Xususan, “Coca Cola” korxonasi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi Ibrat massivida o‘z loyihasi qurilishini boshlashga kirishishi ta’kidlangan.
Loyiha qiymati $27,7 mln.ga baholangan zavod to‘liq xorijiy sarmoya hisobidan quriladi. Natijada qo‘shimcha 300 ta ish o‘rni yaratilishi hamda korxonada mahsulot ishlab chiqarishning yillik tannarxi $75 mln.ni tashkil etishi kutilmoqda.
Uchrashuvda buning uchun yer va suv tortish bo‘yicha kelishib olingan.
2021-yili “Coca-cola Ichimligi Uzbekistan"ning xususiylashtirish jarayoni to‘liq yakunlandi. Davaktivga $252,2 mln to‘lagan “Coca-Cola İçecek” kompaniyasi davlat tasarrufidagi 57,1%ni qo‘lga kiritdi.
Oʻzbekiston “Coca-Cola İçecek” uchun eng tez rivojlanayotgan bozorga aylandi. Birinchi uch oyda Coca-Cola sotuvi 22 mln donaga yetdi.
Oʻtgan yili Rossiyaning “Ochakovo” kompaniyasi O‘zbekistonga Coca-Cola, Sprite va Fanta analoglari eksportini yo‘lga qo‘ydi.