Markaziy bankning 2023-yil 6-mart holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11375 (+11,10) so‘mni tashkil qilmoqda.
Narxlar 28-fevralda belgilangan 11 320 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, 55 so‘mga qimmatladi.
6-mart kuni aksariyat banklarda sotish kursi 11 430 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 320 so‘mdan 11 365 so‘mgacha belgilandi.
Eng maqbul xarid kursini “Xalq banki”, “Ravnaqbank” “Poytaxtbank”, “Sanoatqurilishbank”, “O‘zagroeksportbank"‘” va “Madad Invest bank” va “Garantbank” taklif qilmoqda.
Eng maqbul sotuv kursini (11 360−11 320 so‘m)"Orient Finasn Bank", “Sanoatqurilishbank”, “Asia Alliance Bank”, “Madad Invest bank” va “O‘zmillibank” taqdim etmoqda.