Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, boshlangich narxi 37 mlrd so‘mga Anhor Sayli (sobiq “Aziz” va “Kazbek”) dam olish oromgohlari ochiq auksion savdolariga qo‘yilgandi.

Auksion savdosi 6-mart kuni o‘tkazildi va dam olish oromgohlari 61 mlrd so‘mga sotildi.

Ushbu onlayn-savdo 5 nafar talabgor o‘rtasida o‘tkazilib, savdoda boshlangich narxga nisbatan 24 mlrd so‘m qimmatroq narx taklif etildi.

Yakunda 2013-yilda tashkil etilgan “Impower Trading” kompaniyasi g‘olib bo‘ldi.

Mazkur davlat aktivi 1,9 gektar yer maydoni hamda 3831 kv metr bino-inshootlarga ega.

Dam olish oromgohlaridagi binolarda gaz, suv va elektr ta’minoti mavjud.


Avvalroq “Spot” Navoiydagi “Hanjin Navoi Complex” mehmonxonasi yettinchi marta sotuvga qoʻyilgani haqida yozgandi.

Lotning boshlangʻich narxi birinchi sotuv narxidan ikki barobar arzon — 7,9 mlrd soʻmni, zakalat puli esa 396 mln so‘mni tashkil etadi: