O‘tgan yanvar oyida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatdan qiymati $58,3 mln.lik 2 193 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlarida keltirilgan.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 847 taga kamaygan.
Bu davrda eng ko‘p yengil avtomobil Xitoydan sotib olingan -1 064 ta.
Undan keyingi o‘rinda 949 ta yengil avtomobil bilan Janubiy Koreya hamda 110 ta yengil avtomabil bilan AQSh turibdi.
Shuningdek, yanvar oyida o‘zbekistonliklar Gonkong (29 ta), Germaniya (12 ta), Yaponiya (10 ta) hamda BAA (8 ta) dan yengil avtomabil sotib olgan.
2022-yilning birinchi choragida mamlakatga qiymati $320,4 mln.lik 13,6 mingta yengil avtomabil xarid qilingandi. Yil yakuniga borib esa mamlakat 34 ta xorijiy davlatdan 30 245 ta yengil avtomabil xarid qilgani ma’lum bo‘ldi.
Yanvar oyida birlamchi avtomobil bozoridagi savdolar 71%ga, ikkilamchi bozorda esa 24%ga oshdi. Hududlar kesimida eng katta o‘sish Samarqand, Farg‘ona hamda Namanganda kuzatilgan.
Shuningdek, mahalliy brendlarning yangi yengil avtomobillari savdosi 71%ga, xorijiy avtomobillar savdosi esa 75%ga o‘sgan.