“Yandex Eats” yetkazib berish xizmati Toshkentda ishga tushirildi. Bu haqda “Spot"ga “Yandex Go” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Foydalanuvchilar “Yandex Eats” ilovasi yoki “Yandex Go” saytining Eats boʻlimi orqali buyurtma qilishlari mumkin.
Qayd etilishicha, xizmat O‘zbekistondan tashqari besh mamlakat — Rossiya, Qozogʻiston, Belarus va Armanistonda taqdim etilgan.
Hozirda “Yandex Eats” xizmatiga FeedUp, Bon!, Oqtepa Lavash, Yaponamama va shahar boʻyicha 250 dan ortiq boshqa restoranlar qoʻshilgan.
Shu bilan birga, foydalanuvchilar tovarlarni, oziq-ovqat va ichimliklar, gullarni doʻkon katalogidan tanlashlari mumkin.
Ayni paytda xizmatda mavjud doʻkonlar orasida “The Loaf”, “EcoVkuz”, “GOODVEEN Flowers House”, “Yellow”, “Red Dragon”, “Hobby Games” va boshqalar mavjud.
Hamkorlar roʻyxati kengayishi bilan birga buyurtma uchun mavjud boʻlgan taomlar va tovarlarning xilma-xilligi ham oshishi qayd etilgan.
Buyurtmani roʻyxatdan oʻtkazish paytidan boshlab belgilangan manzilga yetkazib berishgacha oʻrtacha kutish vaqti 30 daqiqani tashkil qiladi.
Xizmatning oʻz texnologiyalari bizga hamkorlar bilan ishlashning odatiy mexanizmlarini optimallashtirish va buyurtmalarni tezroq yetkazib berish imkonini beradi.
Shunday qilib, har bir manzil uchun mavjud restoranlar roʻyxati yaqin atrofda joylashgan. Platforma buyurtmalarni taqsimlaydi va liniyadagi mavjud kuryerlar sonini hisobga olgan holda optimal marshrutlarni tuzadi.
Ta’kidlanishicha, ilovada barcha bosqichlarni kuzatish mumkin, ya’ni u buyurtma qaysi bosqichda va kuryer qayerda ekanligi haqida ogohlantiradi.