Markaziy bank 1-mart holatiga O‘zbekistonning xalqaro zaxiralariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

O‘tgan bir oyda mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari $33,9 mlrd.ga yetdi. Bu ko‘rsatkich yanvar oyiga nisbatan $1,9 mlrd.ga kamaygan.

Fevral oyi davomida oltinning fizik hajmi 12,4 mln troyadan 12,6 mln troyaga oshgan. Shuningdek, qiymati bir oyda $717 mln.ga tushib, jami $22 839 mln.ni tashkil etgan.

Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari ham yanvar oyidagi $11,3 mlrd ko‘rsatkichdan yanvarga kelib $10 mlrd.ga kamaygan.

“O‘zbekiston yalpi xalqaro zaxiralari joriy yil boshidan $1,8 mlrd.ga yoki 5%ga kamaydi. Bunda oltin narxining yil boshidagi $1812,35 dan $1810, gacha tushishi, tijorat banklarining Markaziy bankdagi hisobvaraqalarida qoldiq miqdorining kamayishi hamda Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan valyuta intervensiyalari ta’sir qilgan”, deyiladi regulyator izohida.

Yanvar oyida O‘zbekiston Markaziy banki 12 tonna oltin eksporti bilan jahon markaziy banklari orasida yetakchi bo‘ldi.

Bu noyabr oyidagi eksport ko‘rsatkichidan olti baravar ko‘p va 2022-yilning birinchi choragidagi umumiy sotuvning deyarli yarmini tashkil etadi

Jahon oltin kengashi (WGC) ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki 2022-yilda oltin zaxiralarini 34 tonnaga oshirdi.

Natijada mamlakat xalqaro zaxiralari bilan Turkiya, Xitoy, Misr va Qatardan keyingi yetakchi o‘rinni qayd etdi.