Janubiy Koreyaning Kvanju fan va texnologiya instituti grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda butun dunyodan magistratura va PhD darajasi uchun nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
Magistraturada o‘qish muddati 2 yil, PhD darajasi esa 4 yilni tashkil etadi.
O‘qishga qabul qilingan talabalarning to‘liq o‘qish to‘lovi qoplab beriladi. Xususan, har bir semestr uchun $2500 miqdorida o‘qish to‘lovi ajratiladi.
Shuningdek, magistrantlarga oylik $100 miqdorida, PhD uchun esa $225 miqdorida stipendiya beriladi.
Bundan tashqari talabalar sug‘urta xarajatlarining 60%i, Koreyaga bir tomonlama parvozlar xarajati qoplab beriladi. Oziq-ovqat xarajatlari uchun oylik $75 miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.
Arizalarni joriy yilning 15-apreligacha jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, Polsha hukumati magistratura uchun grant dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.