Germaniyada mexatronika va elektronika yo‘nalishida ishlash istagidagi o‘zbekistonliklarni ausbildung — o‘qish va ishlash tizimi asosida taklif etmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qabul qilinganlarga 945 yevro miqdorida oylik stipendiya beriladi hamda “Ausbildung"dan so‘ng 3 yillik mehnat shartnomasi tuziladi.
Shuningdek, keyinchalik oilaviy ko‘chib borish uchun ko‘maklashiladi.
Nomzodlar 18−40 yosh oralig‘ida bo‘lishi, nemis tilida muloqot qila olishi (Gyote yoki ECL B1 sertifikati) hamda o‘rta maxsus ta’limga ega bo‘lishi kerak.
Shuingdek, A2 sertifikati bo‘lganlar keyinchalik B1 sertifikatini taqdim qilish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Talab etiladigan hujjatlar:
- xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
- nemis tili sertifikati (B1 daraja, pdf shaklda);
- nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
Arizalarni havola orqali jo‘natish kerak.
Batafsil ma’lumotni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududiy filiallari orqali olish mumkin.
Avvalroq, Germaniyaning “EUROPA-PARK GmbH” kompaniyasi mehmonxona, restoran, oshxona sohalarida ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni ishga taklif etayotgani haqida xabar berilgandi.