Jahon banki rahbariyati O‘zbekistonda quyosh energetikasini kengaytirish uchun moliyalashtirishni ma’qulladi. Bu haqda Spot’ga bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qarz olingan mablagʻlar qayta tiklanadigan, ekologik toza energiya ishlab chiqarishni kengaytirishga yoʻnaltiriladi. O‘zbekiston 2019-yildan beri Jahon banki guruhining “Scaling Solar” dasturida ishtirok etib keladi, endilikda loyiha ikkinchi bosqichga o‘tdi.

Moliyalashtirish hajmi $12 mln.ni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ evaziga Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 440 MVt bo‘lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi qurilib, ishga tushiriladi.

Gap 220 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi loyihalari haqida ketmoqda, ularni amalga oshirish 2021-yil may oyida BAAning “Masdar” kompaniyasi jalb qilindi.

Investor ular ishlab chiqaradigan energiya uchun eng past tarifni taklif qildi — kVt/soat uchun 1,57 sent.

Quyosh fotoelektr stantsiyalari ishga tushirilgach, yiliga 1,1 mlrd kVt/soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ularning ishga tushirilishi atmosferaga karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 110 ming tonnaga kamaytirishi kutilmoqda (barcha foydalanish davrida 3,4 mln tonna).

Jahon banki “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”ga bank kafolati ko‘rinishida — har bir loyiha uchun $6 mlrd.gacha mablag‘ ajratadi.

Ular milliy elektr tarmog’i operatoriga to’lovli investitsiyalar amalga oshirilishini ta’minlashda yordam beradi.

Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli taqdim etilayotgan bank kafolatlarini loyihani amalga oshirishdagi xavflarni kamaytirishning hal qiluvchi omili deb atadi.

“Ushbu harakat xalqaro investorlarga O‘zbekiston xususiy sektor ishtirokida qayta tiklanadigan energiya sohasini rivojlantirish uchun kapital, yashil texnologiyalar va boshqaruv tajribasini jalb qilishga tayyorligidan dalolat beradi”, — deya qo‘shimcha qildi Mantovanelli.

“Masdar” o’z kapitalining $193 mlnini loyiha pudratchisi sifatida faoliyat yurituvchi loyiha kompaniyalariga kiritmoqda.

Shuningdek, kompaniya xalqaro tashkilotlardan $216 mln jalb etish niyatida — bu mablag‘ning asosiy qismi YeTTB tomonidan taqdim etilishi kutilmoqda.


Avvalroq “Spot” Jahon banki guruhi O‘zbekistonning janubiy viloyatlari shaharlarini rivojlantirish uchun $100 mln ajratishi haqida yozgandi.