O‘zbekistonda “Yandex Go” faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda.

Bu ommaviy tus olib, foydalanuvchilar ilova orqali xizmatdan foydalana olmayaptilar.

Xizmat ilovasiga kirilganda “serverda xatolik” so‘zi chiqmoqda.

Bundan tashqari ma’lum qilinishicha, ilova Qozog‘istonda uzilishlar kuzatilmoqda.

Shuningdek, “RBC” nashri Rossiya va Armanistonda ham ilovadan foydalanib bo‘lmayotganini qayd etdi.


“Yandex Go” O‘zbekistonda 2018-yilning aprel oyida ishga tushirilgan.

Xizmat Toshkent, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Marg‘ilon, Namangan, Andijon hamda Qo‘qonda ishlaydi.

O‘tgan yili kompaniya Nukus, Qarshi va Urganchda ham ish boshlashini ma’lum qildi.

Avgust oyida kompaniya O‘zbekistonda tezlikni monitoring qilish texnologiyasini ishga tushirdi.

U bilan belgilangan tezlikdan oshgan haydovchilarni ogohlantirish va tizimga kirishni vaqtincha cheklash mumkin.

Noyabr oyida kompaniyaning MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori Kirill Svinsov haydovchining xulq-atvorini kuzatuvchi texnologiya yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Oy oxiriga borib esa haydash manyovrini nazorat qilishni ishga tushirdi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, tizimli ravishda keskin manyovrlarni amalga oshiruvchi haydovchilar ulushi ikki baravar kamaygan.