Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, 19−20−21−22−23-mart kunlari o‘zbekistonliklar mamlakatdagi ayrim muzey, mehmonxona, hamda ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan chegirmalardan foydalanishi mumkin.
Unga ko‘ra, quyidagilar uchun bayram kunlari chegirmalar taqdim etiladi:
- muzeylarga chegirmalar;
- turoperator va turagentlar tomonidan beriladigan chegirmalar;
- ovqatlanish shohobchalari tomonidan beriladigan chegirmalar;
- xostel va mehmon uylari uchun beriladigan chegirmalar.
Chegirmalar nishonlanadigan bayram kunlari uchun amal qiladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq, “Uzbekistan Airways” mahalliy aviaqatnovlarga 21% chegirma e’lon qilgandi.
U joriy yilning 18-martidan 22-martigacha ekonom va biznes klass chiptalari uchun amal qiladi.