2023-yil 26-martdan boshlab Xitoyning “Loong Air” aviakompaniyasi O‘zbekistonga reyslar sonini oshiradi va qo‘shimcha yo‘nalish ochadi.
Ilgari aviatashuvchi Sian-Toshkent-Sian yo‘nalishi bo‘yicha haftada bir marta juma kunlari yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirar edi.
26-martdan boshlab “Loong Air” haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.
Bundan tashqari, aviakompaniya Chengdu-Toshkent-Chengdu yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yadi.
Muntazam yoʻlovchi reyslari Airbus A320 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
“Loong Air” aviakompaniyasining Sian-Toshkent-Sian yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter reysi 2019-yilning 27-sentabrida amalga oshirilgan.
“Loong Air” — bosh qarorgohi Xanchjouda joylashgan Xitoy aviakompaniyasi bo‘lib, yo‘lovchi va yuk havo tashuvlarini amalga oshiriladi.
Avvalroq"Spot" “Pobeda” aviakompaniyasi Moskvadan Samarqandga parvozlarni boshlashi haqida yozgandi.
Aviaqatnov 21-apreldan boshlanib, haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Qaytish reyslari dushanba va juma kunlariga belgilangan.