“Binance” kriptobirjasi o‘zining P2P xizmati orqali rossiyaliklarga va Rossiyada bo‘lganlarga dollar va yevro sotish hamda sotib olishni taqiqladi, deb yozadi “Forbes” nashri.

Peer to Peer yoki p2p bitimi kriptovalyutani uchinchi tomon ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish va sotib olishdir.

Kriptobirja vakilining aniqlik kiritishicha, qaror Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining o‘ninchi paketiga muvofiq qabul qilingan.

Bundan tashqari, “Binance” Yevropa Ittifoqi fuqarolariga P2P orqali rubl sotish va sotib olishni taqiqladi.

“Forklog"ning yozishicha, bitim tuzishga urinayotganda kriptobirjasi foydalanuvchi tekshirish vaqtida ko‘rsatgan mamlakat valyutasidan foydalanishni taklif qiladi.

Rossiyaliklar chet elda pul yechib olish uchun “SWIFT"ga muqobil sifatida p2p xizmatlaridan foydalanadilar.

Ular yordamida bitta kripto hamyondan boshqasiga pul o‘tkazish yoki kriptovalyutani, masalan, USDT stabilkoinini sotib olish mumkin.

2022-yilning aprel oyida “Binance” rossiyaliklar uchun dastlabki cheklovlarni kiritgandi.


Avvalroq “Spot” nima uchun O‘zbekiston “Binance” xalqaro kriptobirjasi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani haqidda yozgandi.

“NAPP"ga ko‘ra, kompaniya shartlari litsenziya olishdagi talablarga javob bermagani sababli hamkorlik qilinmagan.

Qayd etilishicha, kompaniyani nazorat qilish yo‘llari aniqlanmagunga qadar, uning faoliyati qonuniylashtirilmaydi.