Amerikalik biznesmen Ilon Mask Texasda o‘z xodimlari uchun shahar qurishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “WSJ”.

Kelajakdagi turar-joy uchun joy shtatning ma’muriy poytaxti — Ostin shahridan 35 milya (taxminan 56 km) uzoqlikda joylashgan.

Modulli uylar allaqachon Bastrop okrugidagi sobiq qishloq xo‘jaligi yerlarida o‘rnatilib, 110 ta doimiy uy-joy qurilishi boshlangan.

Shahar ostidagi maydon yaqinida Mask “SpaceX” kosmik kompaniyasining yirik obyektlari va “The Boring” tunnel qurilishi korxonalari qurilmoqda.

Bundan tashqari, “Tesla"ning Texasdagi gigafabrikasi undan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan bo‘lib, uning birinchi bosqichi 2022-yil aprelida ishga tushirilgan.

“WSJ"ning yozishicha, Mask bu loyihani yer egalari va rieltorlarga “utopiya” sifatida taqdim etgan.

Milliarder o‘zining “Tesla”, “SpaceX” va “The Boring” kompaniyalari xodimlarini bozor narxlaridan arzonroq uy-joy bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Kadastrlar va boshqa rasmiy manbalarga ko‘ra, “WSJ” Maskga aloqador tashkilotlar 2020-yildan beri Ostin atrofida 3500 akr (1416 ga) yer sotib olganligini aniqladi.

Nashrning ayrim suhbatdoshlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 6000 akr (2400 gektar)gacha yetishi mumkin.

Maskga yaqin manbalar uning bo‘lajak shahar yaqinida shaxsiy qarorgoh qurish rejalari haqida xabar berishdi.

2021-yilda u Kaliforniyadagi uyini sotdi va milliarder hamda PayPal bilan uzoq yillik tanishi Ken Xoeri bilan avval modulli uyga, keyin Ostinga ko‘chib o‘tdi.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask yana dunyoning eng boy odamiga aylangani haqida yozgandi. “Bloomberg” talqini bo‘yicha Mask $187,1 mlrd boylik bilan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi.