Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga bilan Xudaykulov Shuxrat Shavkatovich “Uzbekistan Airways” kompaniyasining Boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
U 1984-yil 26-iyul kuni Urganch shahrida tavallud topgan. Sankt-Peterburg davlat fuqaro aviatsiyasi universitetining “Aviatsiya tashuvlarini tashkil etish” mutaxasisligini tamomlagan.
Shuxrat Xudaykulov 2006-yil “O‘zbekiston havo yo‘llari"dagi faoliyatini “Toshkent” xalqaro aeroportining aviatashuvlarini tashkil etish agenti sifatida boshlagan.
2006−2019 yillar oralig‘ida “O‘zbekiston havo yo‘llari"da turli lavozimlarda, jumladan aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalari, milliy aviakompaniyaning sotuvlar departamenti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
2019-yildan “Uzbekistan Airways"da tijorat va turizm bo‘yicha Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
2021-yildan buyon kompaniya boshqaruvi raisi lavozimini transport vaziri Ilhom Mahkamov egallab kelayotgandi.