Markaziy bankning 2023-yil 13-mart holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11 402 (+11,85) so‘mni tashkil qilmoqda.
Narxlar o‘tgan hafta davomida 70,17 so‘mga qimmatladi.
13-mart kuni aksariyat banklarda sotish kursi 11 465 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 350 so‘mdan 11 380 so‘mgacha belgilandi.
Eng maqbul xarid kursini (11 465 so‘m) “Ziraat Bank Uzbekistan”, “Xalq banki” “Universalbank”, “Ravnaq-bank”, “O‘zagroeksportbank"‘” va “Mikrokreditbank” va “Garantbank” taklif qilmoqda.
Eng maqbul sotuv kursini (11 380−11 370 so‘m) “Invest Finance Bank”, “Agrobank”, “Asia Alliance Bank”, “Hamkorbank”, “Ipak Yo‘li Banki”, “KDB Bank O‘zbekiston” va yana 6 ta bank taqdim etmoqda.