2023-yil fevral oyida soliq organlari tomonidan 13,4 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlandi, deya xabar bermoqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tushumlar tahlil qilinganda 2023-yil fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 7 ta soliq turida o‘sishga erishilgan.

Jumladan, foyda solig‘i 1,5 trln so‘m, JShODS 407,2 mlrd so‘m, AOS 140,7 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i 140,2 mlrd so‘m, yer solig‘i 100 mlrd so‘m, aksiz solig‘i 86 mlrd so‘m, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 30 mlrd so‘mga o‘sgan.

2023-yil yanvar-fevral oylaridagi jami tushum 25,3 trln so‘mdan oshdi.

Soliq turlari kesimida:

  • foyda solig‘idan 3,9 trln so’m (28,9%);
  • QQSdan 2,8 trln so‘m (20,8%);
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idandan 2,3 trln so‘m (17,1%);
  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq 1,2 trln so‘m (9%);
  • aksiz solig‘idan 1,2 trln so‘m (8,7%)ni tashkil etdi.

soliq tushumlari


Avvalroq 2022-yilda soliq organlari tomonidan 148,4 trln so‘m tushumlar ta’minlangangani haqida xabar berilgandi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan (20,4 trln so‘m) 16% ko‘pni tashkil qilgan.

Jumladan, soliq turlari kesimida:

  • mol-mulk solig‘idan 4 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 1,6 trln so‘mga yoki 63%;
  • yer solig‘idan 5,3 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 1,2 trln so‘mga yoki 30%,
  • aylanmadan olinadigan soliqdan 2,5 trln so‘m undirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 863 mlrd so‘mga yoki 52%;
  • QQSdan 32,8 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 7,2 trln so‘mga yoki 28%;
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 24,3 trln so‘m undirilib, 2021-yilga nisbatan 5,4 trln so‘mga yoki 28% o‘sishga erishildi.

Shuningdek hududlar kesimida soliq tushumlari bo‘yicha Toshkent shahri 21,3 trln so‘m bilan yetkachilik qilmoqda. Hududda tushumlar ko‘rsatkichi 2021-yilga nisbatan 38%ga oshgan.