Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 871 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Oʻzbekistonga 2 oyda eng koʻp Tojikiston (289,2 ming), Qozogʻiston (241,4 ming) va Qirgʻizistondan 211,2 ming nafar fuqaro turistik maqsadda kelgan.
Shuningdek, sayyohlar koʻp tashrif buyurgan davlatlar beshligiga Rossiya (81 ming) va Turkiya (13,4 ming) ham kirdi.
Mamlakatlar | Tashrif buyurgan sayyohlar (nafar) |
Tojikiston | 289,2 ming |
Qozogʻiston | 241,4 ming |
Qirgʻiziston | 211,2 ming |
Rossiya | 81 ming |
Turkiya | 13,4 ming |
Turkmaniston | 4,8 ming |
Janubiy Koreya | 4,4 ming |
Hindiston | 2,4 ming |
Ukraina | 1,7 ming |
Ozarbayjon | 1,7 ming |
Belarus | 1,6 ming |
Xitoy | 1,6 ming |
AQSH | 1,4 ming |
Germaniya | 1,3 ming |
Buyuk Britaniya | 900 |
Fransiya | 800 |
Italiya | 700 |
Yaponiya | 700 |
Isroil | 600 |
Gruziya | 600 |
Avvalroq “Spot” besh yilda O‘zbekistonda turizm sohasi qanday o‘zgarganai haqida yozgandi.
Xususan, o‘tgan yili mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 2017-yilga nisbatan ikki barobarga oshgan.
2017−2022 yillarda O‘zbekistonga kelgan chet ellik sayyohlar soni deyarli 2 barobar oshdi. Agar 2017-yilda ularning soni 2,7 mln nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 5,2 mln nafarga yetdi.
2022-yilda O‘zbekistonga sayyohlar asosan Qozog‘iston (1551,1 ming kishi), Tojikiston (1447,8 ming kishi) va Qirg‘izistondan (1356,9 ming kishi) kelgan.
Xorijlik sayyohlarning asosoiy qismi, aniqrog‘i 89,1%i O‘zbekistonga o‘z qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida kelgan. Ularning aksariyati Qozog‘iston (31,8%), Qirg‘iziston (29,2%) va Tojikiston (27,9%) fuqarolaridir.
Dam olish va hordiq chiqarish maqsadida O‘zbekistonga kelgan chet ellik fuqarolarning eng ko‘pi Rossiya (37,6%), Qozog‘iston (11,2%) va Turkiyaga (6,3%) to‘g‘ri keladi.