Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi"ning matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, 19, 21-mart kunlari 156-sonli Toshkent-Urganch yo‘nalishi va 20, 22-mart kunlari 155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
19-mart kuni 156-sonli Toshkent-Urganch yo‘nalishi
- Toshkent 23:58 — Urganch 14:16
20-mart kuni 155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishi
- Urganch 17:42 — Toshkent 07:06
21-mart kuni 156-sonli Toshkent-Urganch yo‘nalishi
- Toshkent 23:58 — Urganch 14:16
22-mart kuni 155-sonli Urganch-Toshkent yo‘nalishi
- Urganch 17:42 — Toshkent 07:06
Batafsil ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.
Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda elektron tarzda havola orqali xarid qilish mumkin.
Avvalroq,17-martdan 23-martgacha 767/768-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida 6 ta reys harakati amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.
20−21 mart kunlari esa 780/779-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdida Toshkent-Qarshi-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakatlanadi.
Shuningdek, Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezd qatnovi qo‘yildi.