“UNG Petro” benzin quyish shoxobchalarida AI-92 rusumli benzin uchun bahorgi chegirma e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bahorgi chegirma doirasida “UNG Petro"da AI-92 benzini 7 500 so‘mdan sotiladi va chegirma faqat cheklangan muddatda amal qiladi.

Ushbu benzin quyish shoxobchasida AI-92 benzini uchun eski narx 9 200−9 500 so‘m atrofida sotilayotgan edi.

UNG Petro” — bu “O‘zbekneftgaz"ga qarashli benzin quyish shoxobchalari tarmog‘i, u UNG milliy brendi ostida neft va gaz mahsulotlarini sotadi.

2021-yilda dekabrida “O‘zbekneftgaz” 2022-yildan boshlab AI-80 benzinini bosqichma-bosqich bekor qilishni rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qildi.

Kompaniya Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-80 oʻrniga AI-92 benzin ishlab chiqarishga oʻtish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Oʻtish jarayoni rossiyalik hamkorlar yordamida yakunlanishi rejalashtirilgan.


Avvalroq “Spot” “O‘zbekneftgaz” Rossiyadan AI-80 rusumli avtobenzini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgani haqida yozgandi.

Kelishuvga ko‘ra, Rossiyadan mamlakatga 55 ming tonna avtomobil yoqilg‘isini import qilish rejalashtirilgan.