“Welcoming Countries Rank-2023” sayyohlarni vizasiz qabul qiladigan yoki kirishiga ruxsatnoma beruvchi dunyoning eng mehmondo‘st davlatlar reytingini e’lon qildi, deya xabar berdi “ATOR”.
Eng mehmondo‘stlar reytingida 21 davlat joy oldi.
Bular Angola, Boliviya, Burundi, Kambodja, Komor orollari, Kot-d'Ivuar, Jibuti, Efiopiya, Kongo Demokratik Respublikasi, Gabon, Gvineya, Gvineya-Bisau, Malavi, Maldiv orollari, Mikroneziya, Nigeriya, Ruanda, Somali, Janubiy Sudan, Sharqiy Timor va Tuvalu.
Dunyoning 198 ta davlati fuqarolari ularning har biriga vizasiz (kelgach viza olish yoki elektron viza berish orqali) kirishlari mumkin.
Seyshel orollari, Surinam, Togo, Mavritaniya, Kabo-Verde va Uganda sayyohlarga nisbatan biroz qattiqroq (umumiy ikkinchi oʻrin): 197 shtat fuqarolari ularga oldindan vizasiz kirishlari mumkin.
“Welcoming Countries Rank-2023” reytingiga ko‘ra, Sobiq ittifoq hududida O‘zbekiston eng ochiq — reytingda 25-o‘rin va 139 davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish (yoki kelganda vizani olish) imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Undan keyin Armaniston — 26-o‘rin (135 mamlakat), Moldova — 36-o‘rin (103 mamlakat), Gruziya — 43-o‘rin (94 mamlakat).
Shuningdek, 46-o‘rinda Belarus (91 mamlakat), Ozarbayjon — 48-o‘rin (89 ta davlat), Tojikiston — 50-o‘rin (87), Qirg‘iziston — 55-o‘rin (80), Qozog‘iston — 56-o‘rinda (77 mamlakat) turibdi.
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston jahon pasportlari reytingida to‘rt pog‘onaga ko‘taril