Tojikiston bilan hamkorlikda ilmiy va startap loyihalar tanlovi tashkil etiladi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining matbuot xizmati.
Bu bo‘yicha vazir Ibrohim Abdurahmonov bilan Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir o‘rtasida o‘tkazgan uchrashuvda ta’kidlangan.
Tomonlar ikki mamlakat yoshlari uchun qo‘shma ilmiy tanlov va startap loyihalarni e’lon qilish hamda ularni moliyalashtirish maqsadida qo‘shma fond tuzish borasida kelishib olishdi.
Shuningdek, innovatsiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishida ham hamkorlik qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzolash masalasi bo‘yicha fikr almashildi.
Tojikistonda o‘tkazilgan rektorlar ofrumida 30 ga yaqin bitim, anglashuv memorandumi hamda yo‘l xaritalari imzolangan.
Mamlakat OTMLari bilan kimyo texnologiya, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyasi, biotexnologiya, irrigatsiya va suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish belgilangan.