“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkentdan Nijniy Novgorodga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi, deya xabar bermoqda “Chkalov” xalqaro aeroporti matbuot xizmati.
Parvozlar 28 martdan boshlab haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Parvoz jadvali (har bir aeroport uchun mahalliy vaqt):
- Toshkentdan joʻnab ketish — 18:00, Nijniy Novgorodga kelish — 20:00;
- Nijniy Novgoroddan joʻnab ketish — 21:30, Toshkentga kelish — 3:00.
Fevral oyida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi mart oyidan boshlab Rossiyaning toʻrtta shahri bilan parvozlar boshlanishini e’lon qilgandi.
Nijniy Novgoroddan tashqari, ular Omsk, Nijnevartovsk va Orenburgni oʻz ichiga olgan.
Parvozlar “Uzbekistan Express” buudjet subbrendida amalga oshiriladi. Kompaniya 2021-yil avgust oyidan arzon narxlardagi reyslarni yoʻlga qoʻygan va hozirda Oʻzbekistonning 9 ta shahridan amalga oshirilmoqda.
Avvalroq “Spot” Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi 21-apreldan Moskvadan Samarqandga parvozlarni boshlashi haqida yozgandi.