“Apex Bank"ga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi, deya xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.
Regulyator boshqaruvi Toshkentda “Apex Bank” aksiyadorlik jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Bu bilan, mazkur bank Oʻzbekistonda faoliyat olib boruvchi 33-bank boʻladi.
Shuningdek, regulyatorning ma’lum qilishicha, “Hayot Bank"ga ham bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan. Bu bank esa mamlakatdagi 34-bank sifatida faoliyat olib boradi.
Markaziy bank boshqaruvi mazkur aksiyadorlik jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
“Hayot Bank” matbuot xizmatining “Spot"ga ma’lum qilishicha, bank raqamli formatda faoliyat yuritib, an’analar va texnologik taraqqiyot uyg‘unligi namunasi bo‘lishni maqsad qilgan.
Qayd etilishicha, plastik kartochkalarni ulash va yetkazib berish, joriy hisobvaraq ochish, pul o‘tkazmalari kabi jarayonlar bankning mobil ilovasi va internet-banking orqali amalga oshiriladi.
2022-yilning dekabr oyida Markaziy bank “Smart Bank"ga ham litsenziya bergandi.