Yevropa Markaziy banki bazaviy stavkasini 3,5%ga oshirdi. Bu qaror payshanba kuni Bank Boshqaruvchilar kengashi tomonidan qabul qilindi.

Shunday qilib, stavka 50 bazaviy punktga ko‘tarildi va 3,5% stavka 2008-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

Shuningdek, ECB Boshqaruv kengashi yana ikkita asosiy depozit stavkasini 3% gacha, marjali kreditlar bo‘yicha stavkani esa 3,75% gacha oshirishga qaror qildi.

Fevral oyidagi so’nggi yig’ilishda Yevropa regulyatori stavkani inflyatsiya bosimi tufayli mart oyida 50 baravarga oshirishga tayyorligi haqida ogohlantirgandi.

Bazaviy stavkani oshirish to‘g‘risidagi qaror Bank Kengashi tomonidan prognoz qilingan inflyatsiya darajasi uzoq vaqt davomida juda yuqori bo‘lib qolishi sababli qabul qilingan.

Yevropa Markaziy banki tahlilchilari inflyatsiyani 2023-yilda 5,3%, 2024-yilda 2,9%, 2025-yilda esa 2,1% ko‘rsatkichiga yaqinlashishini tahmin qilmoqda.


Avvalroq “Spot” Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 1% bandga pasaytirib, yillik 14% darajasida belgilagani haqida xabar bergandi.

Pul-kredit siyosatini yumshatish iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan, deya ta’kidlaydi regulyator.

Markaziy bankni bunday qadam tashlashga qattiq tashqi moliyaviy sharoitlarning O‘zbekiston ichki bozoriga salbiy ta’siri signallari sabab bo‘lgan.

“Asosiy stavkaning 1% bandga pasaytirilishi o‘tgan yil mart oyida xatarlar uchun foiz stavkaning oshirish orqali qo‘yilgan qo‘shimcha yuklamani to‘liq olib tashlash imkonini beradi”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.