2022-yil rossiyaliklar ko‘chib o‘tgan mashhur yo‘nalishlarga Turkiya, Gruziya, Armaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kirdi. Yil davomida ushbu mamlakatlarda ijaraga beriladigan uy-joy narxlari sezilarli darajada o‘sdi, bunga qisman ruslar aybdor, deb yozadi “RBC” nashri.

O‘tgan yil bahor oyining boshida O‘zbekiston ijara bozorida rossiyaliklarning oqimi tufayli o‘sish qayd etildi. Ikkinchi o‘sish sentyabr-oktyabr oylaridagi talab tufayli sodir bo‘ldi, deydi “Nika Estate” boshqaruvchi hamkori Viktor Sadigov.

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, iyul oyida ijara narxlari 2,5%ga pasaygan boʻlsa, avgust oyida narxlar 8,6%ga, sentyabrda esa 7,7%ga oshgan. Shundan so‘ng, ijara narxi faqat o‘sgan. Rossiya fuqarolarining katta qismi ijaraga Toshkentdagi uy-joylardan olishgan.

O‘zbekistonning Armaniston va Gruziya ijara bozori o‘rtasidagi farq shundaki, bu mamlakatga ishlash uchun kelgan xorijlik ijarachilar hamisha yetarlicha bo‘ladi. Ya’ni, bozor ruslarning mavjudligiga tanqidiy jihatdan bog‘liq emas, deb hisoblaydi Viktor Sadigov.

Ijara narxi. Toshkentda bir xonali kvartiraning o‘rtacha oylik ijarasi hozirda $1100, ikki xonali kvartira $1300, 3 xonali esa $1500ni tashkil etmoqda. Ekspert bunday narx tartibini mahalliy bozorda ko‘plab qimmat xonadonlar doimo ijaraga berilgani, O‘zbekistonda ruslar “to‘lqini"dan oldin ham mamlakatda kompaniyalar ochadigan yoki ish bilan kelgan xorijlik ijarachilar ham ko‘p bo‘lganligi bilan izohlaydi.

2023 yilda nima bo‘ladi. Bu yil Toshkent ijara bozorida o‘rtacha o‘sish kutilmoqda, deb hisoblaydi Viktor Sadigov. Mutaxassis misol tariqasida shahar markazidagi bir xonali kvartiralarni keltiradi, ularga o‘tgan yil oxirida kamida $1500, o‘tgan yilning mart oyida esa o‘rtacha $900 so‘ralgan.

2023-yilning birinchi oylarida narxlar pasaygan, biroq ular o‘tgan yil boshidagi qiymatlarga yetib bormaydi, deya xulosa qiladi Sadigov.


Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yanvar oyida poytaxtda ijaraning o‘rtacha narxi deyarli o‘zgarmadi va 2022-yil dekabr oyida 1,4%ga biroz pasaygan holda 1 kv.m. uchun $10,1ni tashkil etgan.

Ijaraning eng yuqori narxlari poytaxtning Shayxontohur ($15,7), Yakkasaroy ($11,8) va Mirobod ($12,2) tumanlarida qayd etildi.

Ijaraning nisbatan past narxlari Uchtepa ($8), Sergeli ($6,9) va Bektemir ($6) tumanlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, 2022-yilning mos davriga kelib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi deyarli 25%ga oshdi.

O‘tgan yilning yanvar oyidan buyon uy-joylarni ijaraga berish bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’atlari Shayxontohur (56,7%), Sergeli (29,9%) va Chilonzor (25,8%) tumanlarida qayd etilgan.