Shavkat Mirziyoyev ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda tovarlarni import qilishda 2024-yilgacha bojxona to‘lovlarining nol stavkasini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” nashri xabar bermoqda.

Hujjat bilan, bilan 2024-yilga qadar 37 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlar bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.

Ular orasida pishloq, tvorog, shokolad, qandolat mahsulotlari, olma, nok va behi, qatiq, kefir, sut mahsulotlari, makaron mahsulotlari kabilar bor.

Qayd etilishicha, ,mazkur tovarlar uchun nol stavkalari birinchi marta joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilning 1-iyuligacha 22 turdagi oziq-ovqat, jumladan, go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva va o‘simlik yog‘i uchun nol stavkalar belgilangan.

Shuningdek, prezident raisligida o‘tkazilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha videoselektorda yil oxirigacha oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha import bojlaridan imtiyoz berilishi ta’kidlangandi.