“Forbes” nashri Rossiyaga qo‘shni mamlakatlardagi 50 ta ishonchli banklar reytingini tuzdi.
Mazkur reytingga Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Armaniston, Gruziya va Ozarbayjon banklari kirtilgan.
Unda yuqori pog‘onalarni, ya’ni kuchli beshlikni Qozogʻistonning 4 ta va Gruziyaning 1 ta banki egalladi.
Banklar reytingi va aktivlari hajmi bo‘yicha Oʻzbekistonning 10 ta banki reytingdan joy oldi.
Reytingdagi o‘rni | Banklar nomi | Reytingi | Aktivlari hajmi |
8 | Asakabank | Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — Ba3 | $4,5 mlrd |
9 | Ipoteka bank | Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — Ba3 | $3,7 mlrd |
13 | Sanoat qurilish banki | Fitch — BB-, S&P — BB- | $5,8 mlrd |
14 | Qishloq qurilish bank | Fitch — BB-, Moody’s — Ba3 | $2,1 mlrd |
15 | O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki | Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — B1 | $11,3 mlrd |
17 | Agrobank | Fitch — BB-, Moody’s — B1 | $4,3 mlrd |
19 | Xalq banki | Fitch — BB- | $2,7 mlrd |
21 | Mikrokreditbank | Fitch — BB- | $1,4 mlrd |
24 | Hamkorbank | Moody’s — B1, S&P — B+ | $1,4 mlrd |
33 | Kapitalbank | S&P — B- | $2,5 mlrd |
Reytingga ega bo‘lmagan banklar o‘z aktivlari hajmiga qarab tartiblandi. Qolgan banklarning reytingda yo‘qligi ularning ishonchsiz ekanligini anglatmaydi.