O‘zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovka qilish tartibi 2024-yilgacha vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Bu haqda prezidentning “Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida qayd etilgan.
2022-yili davlat rahbarining tegishli farmoni bilan mazkur tartib 2023-yilgacha qilib belgilangandi.
Avvalroq, yuqoridagi farmon bilan, 2024-yilgacha 37 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda tovarlarga nisbatan bojxona boji qo‘llanilmasligi haqida xabar berilgandi.
Ular orasida tvorog, shokolad, qandolat mahsulotlari, olma, nok, behi, yogurt hamda kefir kabilar bor.