Farg‘ona viloyati hokimligi “Mening Farg‘onam” interaktiv portalini ishga tushirdi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Mazkur portal quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ijtimoiy muammolarga yechim topish;
- turli masalalar yuzasidan takliflarni qabul qilish;
- so‘rovnomalar, interaktiv murojaatlar yuborish;
- sektor rahbarlari faoliyati bilan aholini tanishtirib borish;
- fuqarolar salomatligini o‘rganish va boshqalar.
Qayd etilishicha, portalning dastlabki “Onlayn nazorat” tizimi foydalanishga topshirilgan.
Murojaatlarni my.fergana.uz sayti orqali yoki mobil ilova hamda Telegram-bot orqali jo‘natish mumkin.
Ular qisqa muddatlarda davlat tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib, natijalari ham elektron tarzda yuboriladi.
Tizimda jami 70 dan ortiq yo‘nalishda maishiy muammolar bo‘yicha ko‘rib chiqish imkoniyati yaratilgan, har bir masalani sifatli hal etilishi bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tomonidan doimiy monitoring yuritiladi.
Muammoni nazoratdan olish esa muallif tomonidan amalga oshiriladi.
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining Vazirga murojaat portali ishga tushgandi.