Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi 2023-yil fevral oyida 1027 birlikni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 2,7%ga oshgan.
Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 4%lik o‘sish qayd etildi.
2023-yilning fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,7%ga oshib, 1027 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 12,3%ga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha komponent 11,7%ga kamaygan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 4,7%ga oshgan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 30,6%ga kamaygan.
Hududlar kesimida Surxondaryoda eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
2023-yil fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 11 ta hududda o‘tgan oyga (yanvar) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Surxondaryo (47,1%), Buxoro (44,9%), Qashqadaryo (26,3%), Jizzax (25,1%), Navoiy (18,8%) va Namangan (15,9%)da sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan.
Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkich 3 ta hududda kamaygan. Xususan, Qoraqalpog‘istonda (- 8,1%), Toshkent (- 1,7%) va Sirdaryo (- 0,9%) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan kamayish kuzatilgan.