Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi texnologik startaplar uchun “Petronas FutureTech” akseleratsiya dasturining uchinchi toʻlqini — “FutureTech 3.0” uchun arizalar qabuli boshlandi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

Mazkur dastur texnologik startaplarni aniqlash va rivojlantirish hamda ularni jahon standartlariga yetkazishga qaratilgan.

Petronas bilan bir qatorda dastur “Microsoft”, “Amazon Web Services”, “Malaysia Digital Economy Corp” va boshqa bir qator Malayziya kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan.

Loyihaning uchinchi toʻlqini 12−16 haftalik gibrid akseleratordan iborat boʻladi.

Bu vaqt mobaynida jamoalar ekspertlar ishtirokida ma’ruzalar va mahorat darslari, mentorlik yordami, shuningdek, Demo Day’da o‘z loyihalarini taqdim etishlari va investitsiyalarni jalb qilishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu toʻlqinda “Petronas” dasturi quyidagi yoʻnalishlarda ilgʻor innovatsiyalarni tanlaydi:

  • barqarorlik/dekarbonizatsiya;
  • energetika va mobillik;
  • kelajakdagi sanoat va ishlab chiqarish;
  • materiallar va ilgʻor texnologiyalar.

Dasturda ishtirok etish uchun arizalar 31-martgacha havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” “Astana Hub” AQShning Kremniy vodiysidagi “Hero Training” akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun loyihalarni tanlayotgani haqida yozgandi.