Avvalroq prezident qarori bilan 2024-yilga qadar 37 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlar bojxona to‘lovlaridan ozod etilgandi.
Ular orasida pishloq, tvorog, shokolad, qandolat mahsulotlari, olma, nok va behi, qatiq, kefir, sut mahsulotlari, makaron mahsulotlari kabilar bor. Batafsil ro‘yxat bu yerda.
Qayd etilishicha, mazkur tovarlar uchun nol stavkalari birinchi marta joriy etilmoqda.
Bundan tashqari, joriy yilning 1-iyuligacha 22 turdagi oziq-ovqat, jumladan, go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva va o‘simlik yog‘i uchun nol stavkalar belgilangan.
Tadbirkor Zafar Hoshimovga ko‘ra, iste’mol mahsulotlarining bojxona bojidan ozod etilishi, mazkur mahsulotlar sotilish narxining pasayishiga olib keladi.
“Mazkur qarorning qabul qilinishi aholi uchun manfaatli bo‘ldi”, — deydi tadbirkor.
Zafar Hoshimovning qayd etishicha, bojxona bojidan ozod qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining narxi pasaytirilib, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida arzonlashtirilgan narxlarda sotiladi.
Avvalroq Zafar Hoshimov Samarqandda o‘tkazilgan iqtisodiy forum bo‘yicha o‘z xulosalarini bildirgandi.
Shuningdek, tadnoirkor mamlakatning o‘sish sur’atini ushlab turish uchun qanday o‘zgarishlarni boshlash kerakligi haqida fikrlari bilan bo‘lishdi.