“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi birinchi stipendiya tanloviga arizalar qabul qilmoqda.

Tanlov 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavriat ta’lim dasturi uchun 75, magistratura uchun 275 hamda doktorantura uchun 150 stipendiya o‘rni ajratiladi.

Unda quyidagi sohalar bo‘yicha nomzodlar ishtirok etishi mumkin:

  • kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlashtirish, sun’iy intellekt;
  • atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa innovatsion yo‘nalishlari;
  • sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, telemeditsina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya;
  • elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlari;
  • mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yo‘nalishlari;
  • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar tarmoq.

Bakalavriatura uchun nomzodlar quyidagilarni taqdim etishi kerak:

  • Jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza;
  • pasport nusxasi;
  • ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki dastur tugaganidan so‘ng ishga joylashtirish bo‘yicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov g‘oliblari
    uchun);
  • xorijiy OTMga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat;
  • Til bilish sertifikati (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
  • xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida esse.

Magistratura uchun nomzodlar quyidagilarni taqdim etishi kerak:

  • Jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza;
  • pasport nusxasi;
  • ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki tegishli ta’lim dasturi tugaganidan so‘ng ishga joylashtirish bo‘yicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov g‘oliblari
    uchun);
  • xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasaga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat;
  • Til bilish sertifikati (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
  • nomzodning O‘zbekistonda va xorijda (agar mavjud bo‘lsa) e’lon qilingan ilmiy maqolalari ro‘yxati hamda ularning elektron variantlari;
  • xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida esse.

Doktorantura uchun nomzodlar quyidagilarni taqdim etishi kerak:

  • ta’lim dasturi, o‘qiydigan mutaxassisligi, tanlangan mamlakat, ta’lim,ilmiy yoki boshqa muassasa ko‘rsatilgan holda belgilangan shaklda Jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza;
  • pasport nusxasi;
  • ish joyi va lavozimi saqlanishi yoki tegishli ta’lim dasturi tugaganidan so‘ng ishga joylashtirish bo‘yicha majburiyatlar aks etgan buyurtmachining kafolat xati (tanlov g‘oliblari
    uchun);
  • xorijiy ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasaga o‘qishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi to‘g‘risidagi taklifnoma-xat;
  • Til bilish sertifikati (Milliy sertifikat, IELTS, TOEFL va boshqalar).
  • tanlangan sohani rivojlantirish hamda uning natijalarini O‘zbekistonda qo‘llash uchun nomzod tadqiqotining dolzarbligi to‘g‘risida tegishli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasa rahbarining tavsiya xati;
  • nomzodning O‘zbekistonda va xorijdagi ilmiy jurnallarda e’lon qilingan ilmiy maqolalari ro‘yxati hamda ularning elektron variantlari;
  • rejalashtirilayotgan ilmiy tadqiqotning maqsadlari, uslublari va natijalari, ularni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqidagi esse.

Arizalarni 1-apreldan 1-maygacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Saralash bosqichlari 1-maydan 1-iyungacha davom etadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.