Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining “Turkiston” bankni bankrot deb topish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori va Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan “Turkiston” bank bankrot deb topildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, tugatish komissiyasi o‘z faoliyatini tugatib, sud tomonidan M.Gizatulin tugatish boshqaruvchisi etib tayinlangan.

2022-yilning oktabr oyida regulyator “Turkiston Bank” va “Hi-Tech Bank” litsenziyasini qaytarib oldi.

Dekabr oyida “Hi-Tech Bank” litsenziyasini qaytarib olish uchun sudga murojaat qilgandi.

Regulyator bankning Markaziy bank qarori yuzasidan sudga murojaati protsessual qonunchilik asosida ko‘rib chiqilishi mumkinligi ma’lum qilgandi.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov “Turkiston Bank"da aholining 368 mlrd atrofida, “Hi-Tech Bank"da esa taxminan 5 mlrd so‘m mablag‘lari mavjudligini ta’kidlagandi.

Avvalroq “Turkiston bank” ham bankrot deb topilib, o‘z faoliyatini tugatgandi.

Bu Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori va Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qaroriga asosan ma’lum qilingan.

Tugatish komissiyasi o‘z faoliyatini tugatib, sud tomonidan A.Keldiyev tugatish boshqaruvchisi etib tayinlangan.


Avvalroq “Spot” “Turkiston Bank” saboqlari: bank omonatchilari atrofida nimalar sodir bo‘lmoqda? nomli maqola e’lon qilgandi.