28-mart kuni “Pepsi” kompaniyasi yangi logotip va brendingni taqdim etdi, deya xabar berdi “CNN” kanali.

Yangi logotip Shimoliy Amerika va Kanadada 2023-yilning kuzida, dunyoning qolgan qismida 2024-yildan boshlab qo‘llanila boshlanadi.

Kompaniya avvalgi logotipdan 2008-yildan beri foydalanib kelayotgandi.

Shrift va ranglar zgarib, endi “Pepsi” yozuvi uning yonida emas, balki aylananing markazida. Yangi logotip versiyasi 1987−1997-yillardagi kompaniya logotipiga o‘xshaydi.

“PepsiCo” bosh dizayneri Mauro Porchini logotip ko‘proq energiya, ishonch va jasorat berish uchun qayta ko‘rib chiqilganini ta’kidladi.

pepsi, rebrending

Foto: PepsiCo Inc

Shuningdek, kompaniya o‘z pozitsiyasini ham o‘zgartirdi. Endi brend strategiyasining markazi shakarsiz Zero ichimliklar liniyasi bo‘ladi.

“Mahsulot Yevropa va boshqa mamlakatlarda allaqachon mashhur”, — dedi kompaniya bosh direktori Ramon Laguarta.


Avvalroq “Spot” 2022-yilda O‘zbekistonda qaysi kompaniyalar rebrending qilgani haqida yozgandi.