3-aprel kuni soat 16:00 da Edusession doirasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirni “Marketingda shaxsiylashtirish” mavzusida “CRO & Personalization” akademiyasi hamasoschisi, “Future Leader” konsalting kompaniyasi va “FemCRM” ayollar hamjamiyati asoschisi Anna Ambrozevich olib boradi.
Seans davomida u quyidagilar haqida soʻzlab beradi:
- shaxsiylashtirish nima va nima uchun dunyo boʻylab bu haqda gapirishadi;
- shaxsiylashtirish mexanikasiga misollar. Bu “Netflix”, “Amazon”, “Sephora” va boshqalarda qanday ishlaydi;
- shaxsiylashtirish sohasidagi tajriba va karyera;
- mahorat, rol, yoʻl haqida.
Tadbirda ishtirok etish bepul boʻlib, u rus tilida olib boriladi.
Unda ishtirok etish uchun 2-aprelgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Spiker haqida maʼlumot:
Anna Ambrozevich — “FemCRM” ayollar hamjamiyatining asoschilaridan biri, murabbiy va jamoa rahbari, istiqbolli, marketing texnologiyalari sohasida mutaxassis.
Avvalroq “Spot” Xotin-qizlarga sun’iy intellekt texnologiyasini oʻrgatish boʻyicha “Elevate” taʼlim dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.
Unda yoshi 22 va undan yuqori boʻlgan ayol va qizlar ishtirok etishlari mumkin bo‘lib, arizalarni 31-martgacha yuborish kerak.